KO‘CHATSIZ USULDA MANGOLDNING URUG‘LIK O‘SIMLIKLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

KO‘CHATSIZ USULDA MANGOLDNING URUG‘LIK O‘SIMLIKLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Mualliflar

  • Gulorom Rasul qizi Rasulova Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya

Maqolada Samarqand viloyati sharoitida mangoldning Aliy navini ko‘chatsiz usulda urug‘lik uchun yetishtirish texnologiyasining biologik va agrotexnik asoslari o‘rganilgan. Urug‘larni 10 va 20-avgustda ekish muddatlarining o‘simliklarning qishlab chiqishi, morfologik belgilari va saqlanish darajasiga ta’siri baholandi. Natijalarga ko‘ra, ko‘chatsiz usulda yetishtirilgan o‘simliklarda qishlovdan keyingi saqlanish 69–75 % ni tashkil etib, qoniqarli urug‘lik zichligi shakllandi. O‘simliklarning asosiy morfologik belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchanlik darajasi o‘rtacha bo‘lib, eng yuqori variatsiya barglar soni va massasida qayd etildi. Ko‘chatsiz usul mehnat sarfini kamaytirish va urug‘ yetishtirish jarayonini mexanizatsiyalash imkonini beruvchi istiqbolli texnologiya ekanligi aniqlandi.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2025-12-29
Loading...