YER UCHASTKALARINI IJARA ASOSIDA FOYDALANISHNING AGRAR SOHADA SAMARADORLIKKA TA’SIRI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

YER UCHASTKALARINI IJARA ASOSIDA FOYDALANISHNING AGRAR SOHADA SAMARADORLIKKA TA’SIRI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

yer munosabatlari, yer bozori, Qashqadaryo viloyati, agrar islohotlar, yer boshqaruvi, oziq-ovqat xavfsizligi, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, yer fondi, qishloq xo‘jaligi yerlar, yer resurslari, sug‘oriladigan yerlar, lalmi yerlar, yer ijarasi, elektron auksion

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda, xususan, Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer resurslaridan foydalanish holati, ularni boshqarish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Mamlakat agrar sohasida amalga oshirilayotgan chuqur o‘zgarishlar, yer munosabatlarida shaffoflikni oshirish, yerlarni elektron onlayn-auksionlar orqali ijaraga berish tizimining joriy etilishi, yerlarning maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlashga xizmat qilayotgani yoritilgan. Qashqadaryo viloyatining mavjud yer fondi tarkibi, sug‘oriladigan va lalmi yerlarning taqsimoti hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Shuningdek, yer ijarasining ilmiy asoslarini takomillashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatining yaxshilanishi, yer bozorini tartibga solish va davlat tomonidan strategik boshqaruvni kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Maqola yakunida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.

Adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. 19-jild. - T.: «Adolat», 2018. - 160 b. (Mazkur rasmiy nashr 2018 yil 1 avgustgacha bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan nashr etilgan).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoni;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.01.2024 yildagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmoni;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2021 yildagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-20-son qarori;
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 709-sonli qarori.
6. M.T.Abdullayeva. Qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish usullarini takomillashtirish / Avtoreferat. – Toshkent: “IMPRESS MEDIA” MChJ, 2023-y. – 47 b.
7. I.L.Akramov, M.T.Abdullayeva, S.S.Ibroximov. “Qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish // “O‘zbekiston zamini” ilmiy-amaliy va innovatsion jurnali. “O‘zdavyerloyiha” DILI Toshkent. 2023 - №2. B. 157-162.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Yer Fondi. - Toshkent, 2025-yil. 327 b.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-02-09
Loading...