PIYOZ DALASIGA MAKKAJO`XORI VA SABZI EKISHNING DALADAGI TRIPSLAR MIQDORIGA TA`SIRI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada piyoz dalalarida tripslar (Thrips tabaci) sonining oshishi va ularga qarshi kurashda to‘siq ekinlar sifatida makkajo‘xori hamda sabzi ekish samaradorligi o‘rganildi. Tajribalar 200 m² maydonlarda uch takroriylikda olib borilib, tripslar soni 15 iyundan 10 iyulgacha har 10 kunda aniqlab borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, to‘siqsiz nazorat dalasida tripslar soni eng yuqori bo‘lib, 12 tadan 35 taga yetgan. Makkajo‘xori qatori ekilgan variantda tripslar sonining oshishi eng past bo‘lgan (5 tadan 13 taga), sabzi ekilgan variantda esa o‘sish nisbatan yuqoriroq (7 tadan 18 taga). Bu esa to‘siq ekinlari tripslarning dalaga kirib kelish tezligini sezilarli darajada susaytirishini ko‘rsatadi. Ayniqsa, makkajo‘xori balandligi va barglarning zichligi tufayli tripslar migratsiyasini samarali cheklaydi. Tadqiqot natijalari to‘siq ekinlaridan foydalanish tripslar zararini kamaytirishda iqtisodiy va ekologik samarali usul ekanini tasdiqlaydi.Yuklab olishlar
Nashr etilgan
2026-02-09
Son
Bo‘lim
Articles